Главная » 2020 » Ноябрь » 5 » Buxoroda 25 yoshli ayol eri tomonidan qilingan doimiy xo‘rlanish oqibatida o‘zini osdi
18:32

Buxoroda 25 yoshli ayol eri tomonidan qilingan doimiy xo‘rlanish oqibatida o‘zini osdi


Buxoro viloyatida 6 yil davomida turmush o‘rtog‘ining sha’niga tegib, uni doimiy kaltaklab, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazgan fuqaro 7 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ishsiz, 30 yoshli fuqaro R.F. turmush o‘rtog‘i 25 yoshli F.N. bilan 6 yil birga yashab, unga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lib kelgan. 2 nafar farzandi ham ijtimoiy ta’minlanmay, qiynalib, ochlikda yashagan. Doimiy ravishda do‘pposlanib kelingan marhuma jismoniy va ruhan qiynalishi oqibatida oilaviy holati yuzasidan “Do‘stlik” MFY raisi U.A.ga murojaat qilgan. Natijada, turmush o‘rtog‘i R.F. jazavaga tushib, xotini va farzandlariga yashash uyidagi oshxona va hammomdan foydalanishni taqiqlagan. F.N.ga nisbatan qaynona va qaynopasi ham zo‘ravon munosabatda bo‘lgan.

Marhuma Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudiga aliment bo‘yicha murojaat qilgan. Bundan xabar topgan R.F. xotinini hammomdan yalang‘och holda hovliga sudrab chiqqan va ayovsiz kaltaklagan. So‘nggi chora sifatida F.N. yashash uyi tandirxonasida sirtmoq yasab, bo‘yin sohasidan o‘zini o‘zi osgan va hodisa joyida vafot etgan.

“Tergov-surishtiruv jarayonlarida sudlanuvchi R.F. sud-ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumaning bo‘yin sohasida tiriklik vaqtida hosil bo‘lgan egat ko‘rinishidagi sirtmoq izi borligi, ko‘z oq sohasida nuqtasimon qon quyilishlar, taloq kam qonligi hamda jigar, buyrak, yurak, o‘pka kabi ichki a’zolari to‘q qizil suyuq qon bilan to‘lganligi, bosh miya shishi, o‘ng qo‘l birinchi barmoq asos falangasi orqasidagi qontalash va shilinmasi qattiq o‘tmas jism ta’sirida yuzaga kelgani aniqlangan. Ushbu jarohatlar marhumaning o‘limidan oldin 5 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtga to‘g‘ri kelishi, o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq emasligini, o‘ng yonoq sohasida shilinma va chap tizza bo‘g‘imi sohasida shilinmasi marhumaning o‘limidan keyin hosil bo‘lgan bo‘lib, qattiq o‘tmas jism ta’siridan yuzaga kelgani tasdiqlangan”, deyiladi xabarda.

Qorako‘l tuman Ma’muriy sudi tomonidan R.F. xatti-harakatlari turmush o‘rtog‘i F.N.ni o‘zini o‘zi osib o‘ldirishiga sabab bo‘lganligi tasdiqlangan. Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismining “a” bandi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi jazosi belgilangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xo‘rlanish, oqibatida, eri, o‘zini osdi, Ayol, Buxoroda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
05.11.2020 Спам
Muddat oz 12 yilga sibalsa qilish kerak edi


Ответ:

avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя