Главная » 2020 » Май » 17 » Buxoroda 3 yoshli bola koronvirusdan sog‘aydi. Tuzalganlar soni 2221 nafarga yetdi
13:36

Buxoroda 3 yoshli bola koronvirusdan sog‘aydi. Tuzalganlar soni 2221 nafarga yetdi


Bugun Buxoro viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Buxoro viloyatida tuzalganlarning barchasi ushbu hududdan (5 nafari Buxoro shahridan, 1 nafardan Kogon va G‘ijduvon tumanlaridan) bo‘lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52, yoshi kichigi esa 3 yoshda.

Buxoro viloyatida shu paytga qadar 433 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 440 nafarga yetdi. Ayni paytda shifokorlar viloyatdagi 2 nafar bemorga tegishli standartlar bo‘yicha davo choralarini ko‘rishmoqda.

Andijon viloyatida sog‘aygan 42 yoshli erkak Paxtaobod tumanidan bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisidir. Viloyatda shu paytga qadar 162 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 163 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2221 nafarga yetdi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronvirusdan, nafarga yetdi, Buxoroda, tuzalganlar, sog‘aydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя