Главная » 2020 » Май » 7 » Buxoroda 70 yoshli qaynona o‘g‘lining qasdini olish uchun kelinini o‘ldirdi
10:01

Buxoroda 70 yoshli qaynona o‘g‘lining qasdini olish uchun kelinini o‘ldirdi


Buxoroda 70 yoshli qaynona kelinini temir jism bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda «Daryo»ga Buxoro viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Anvar Asadov ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, voqea 5 may, seshanba kuni viloyatning Kogon tumanida sodir bo‘lgan.

Viloyat prokuraturasining ma’lumot berishicha, 70 yoshli fuqaro S.Z. 2020 yilning 10 aprel kuni o‘zini o‘ldirgan o‘g‘li N.S.ning qasdini olish maqsadida hojatxonada o‘tirgan 38 yoshli kelinining boshiga temir jism bilan urib o‘ldirgan.

«Bu oila joriy yilning aprel oyiga qadar tinch-totuv yashardi. Biroq keyinchalik yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchilik mahalla mas’ullari, IIB hamda diniy idora vakillari aralashuvi bilan ham tinchimadi. Oqibatda 39 yoshli fuqaro E.S.ning o‘z joniga qasd qilishi bilan yakunlandi», — deydi tumandagi «Geofizika» MFY raisi Izzatulla Ismatov.

Mahalla raisining ma’lum qilishicha, oila boshlig‘i bo‘lgan 39 yoshli E.S. mast holda to‘qqiz yoshli qiziga tajovuz qilishga uringan. Qilmishi huquq-tartibot idoralari va qo‘ni-qo‘shniga ma’lum bo‘lgach, ota 10 aprel kuni o‘z joniga qasd qilgan.

«O‘g‘lining o‘limidan so‘ng S.Z.ga o‘rtadagi kelishmovchiliklarga yakun yasash, otasiz qolgan ikki farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishi lozimligini tushuntirdik. Ammo qancha harakat qilmaylik, janjal va kelishmovchilik keskinlashdi va S.Z. gunohsiz kelinini o‘ldirib, qotilga aylanishi bilan tugadi», — deydi Izzatulla Ismatov.

Ta’kidlanishicha, qaynonasidan kaltak yegan kelin boshining chap chakka va o‘ng tepa sohalari temir zarbidan og‘ir jarohat olgan va shifoxonaga ham yetmay yo‘lda vafot etgan.

Qotil qaynona S.Z. qilmishidan so‘ng Kogon shahar IIBga qo‘ng‘iroq qilib, jinoyatini aytgan va aybini tan olgan.

Mazkur holat yuzasidan 5 may kuni viloyat prokuraturasi tomonidan S.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olingan.

Hozirda viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qasdini olish, kelinini, Qaynona, o‘g‘lining, o‘ldirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя