Главная » 2018 » Январь » 29 » Buxoroda ayollarni xorijda fohishalik qilishga undagan 45 yoshli ayol qo‘lga olindi
21:34

Buxoroda ayollarni xorijda fohishalik qilishga undagan 45 yoshli ayol qo‘lga olindi


Buxoro shahrida yashovchi 45 yoshli Lochina Halimova bir necha ayolning ishonchiga kirib, ularni aldov yo‘li bilan xorijga jo‘natdi, deb yozadi O‘zA.

Lochina Halimova ayollarni daromadli ishlarga joylashtirishga va’da bergan edi. Aslida esa u ayollarni xorijda fohishalik qilishga majburlardi.

Lochina 2011-yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashirinib yurgan edi. Ammo u Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining tezkor xodimlari sa’y-harakati bilan qo‘lga olinib, xorijdan O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.

“Odamfurush ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: fohishalik, Fohisha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя