Главная » 2020 » Апрель » 26 » Buxoroda birdaniga 50 kishi koronavirusdan to‘liq sog‘aydi
17:03

Buxoroda birdaniga 50 kishi koronavirusdan to‘liq sog‘aydi


Bugun, 26 aprel kuni Buxoro viloyatida bir yo‘la 50 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Bemorlarning 23 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan, 27 nafari esa viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan chiqishdi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 44 nafari Rossiyadan, 6 nafari esa Turkiyadan  charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ixtisoslashgan shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 43 nafari erkak, 7 nafari ayol. Bemorlarning 9 nafari Samarqand viloyatidan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan 8 nafardan,  5 nafari Andijon viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidan 4 nafardan, 3 nafar Toshkent shahridan bo‘lsa, Xorazm, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshli qizaloq.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 210 nafar bemor sog‘aygan  bo‘lsa, endilikda ular 260  nafarga yetdi. Yurtimizda bemorlarning sog‘ayib chiqishi bo‘yicha Toshkent shahridan keyin eng yuqori ko‘rsatkich Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 757 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1865 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘liq sog‘aydi, koronavirusdan, Buxoroda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя