Главная » 2018 » Апрель » 27 » Buxoroda dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan 60 yoshli erkak aniqlandi
22:23

Buxoroda dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan 60 yoshli erkak aniqlandi


Buxoro viloyati IIB Jondor tumanida tezkor profilaktik tadbir o‘tkazdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

“Oytug‘di MFYda yashovchi 1958-yilda tug‘ilgan nafaqadagi fuqaroga tegishli dala shiyponida bir guruh axloqsiz shaxslar kunora yig‘ilayotganligi to‘g‘risida olingan tezkor ma’lumotlarga asosan olib borilgan tadbirlar davomida 20 000 so‘m pul evaziga axloqsizlarning o‘zaro ishqiy munosabatda bo‘lishlari uchun sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan”, — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan nafaqaxo‘r qo‘shmachiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Buxoro, Fohishaxona, 60 yosh, dala shiyponi, erkak aniqlandi, tashkil qilgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя