Главная » 2021 » Июль » 2 » Buxoroda enaga 3 yoshli qizni qizdirilgan buyumlar bilan qiynab o‘ldirdi
15:06

Buxoroda enaga 3 yoshli qizni qizdirilgan buyumlar bilan qiynab o‘ldirdi


Buxoro viloyatida 3 yoshli go‘dakni temir jismlarni qizdirib tanasiga bosib azoblab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan enaga 6 yilga qamaldi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturi xabar bermoqda. 

Aniqlanishicha, enaga go‘dakni oshxona pichog‘ining dastak qismi bilan o‘rib, do‘pposlab, elektr dazmolini qizitib, oshxona kabgurini olovda qizitib, gugurt donalarini yoqib, shuningdek chekayotgan sigaretalarni qizcha badaning turli sohalariga bosib, jismoniy azoblab kelgan.  Qolaversa, go‘dak tanasining turli sohalariga qo‘li bilan urib kelgan. Ushbu qiynoqlar oqibatida qizcha vafot etgan. 

Enaga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismining "a, v" bandlari, shuningdek 104-moddaning 3-qismi "d" bandi bilan aybli, deb topilib, 6 yilu 4 oyga qamaldi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: enaga, o‘ldirdi, qiynab, Qizni | Рейтинг: 1.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя