Главная » 2020 » Декабрь » 10 » Buxoroda gaz bosimi pasayganidan norozi aholi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi
09:16

Buxoroda gaz bosimi pasayganidan norozi aholi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi


Ijtimoiy tarmoqlarda «Buxoroda gaz yo‘qligidan norozi aholi mashina yo‘lini to‘sib qo‘yib, katta ko‘chalarga chiqib ketayotganligi aytilmoqda» degan izoh ostida videomateriallar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani hokimligi axborot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd qilinishicha, o‘rganishlar jarayonida videomaterial Buxoro tumanidagi «Rabotipoyon» mahalla fuqarolar yig‘inida tasvirga olinganligi ma’lum bo‘ldi.

«Aniqlanishicha, 949 ta xonadonda 5 ming 610 nafar kishi istiqomat qilayotgan «Rabotipoyon» mahalla fuqarolar yig‘inida ayni paytda tabiiy gaz bosimi pasaygan. Mutaxassislar buni ob-havoning keskin tushib ketishi natijasida gaz iste’moli ko‘payishi va oqibatda hudud aholisining aksariyat xonadonlarida tabiiy gaz bosimida muammolar paydo bo‘lganligi bilan izohlashmoqda.

Shuningdek, dastlabki o‘rganishlar jarayonida mahalladagi gaz maromlash punktining soz holatda ekanligi aytilmoqda. Hozirda gaz bosimi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda», deyiladi hokimlik xabarida.

Bu borada batafsil axborot berilishi ma’lum qilingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtomobil, GAZ, Buxoroda, aholi, norozi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя