Главная » 2020 » Октябрь » 13 » Buxoroda «Matiz» portladi (foto)
16:05

Buxoroda «Matiz» portladi (foto)


Bugun, 13-oktyabr kuni soat 11:45 larda, Peshku tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Buxoro viloyati, Peshku tumani, Chig‘irchi MFY, Yangibozor ko‘chasida joylashgan markaziy kasalxonadagi avtomashinalar to‘xtash joyida 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro H.M.ga tegishli «Matiz» rusumli transport vositasining metall gaz ballonida nosozliklar yuzaga kelib, chaqnash sodir bo'lgan.

Chaqnash natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar mavjud emas.

Sodir bo‘lgan chaqnash natijasida «Matiz» rusumli transport vositasi atrofida bo‘lgan, fuqaro B.B.ga tegishli «Neksiya» rusumli, fuqaro U.P.ga tegishli «Neksiya» rusumli hamda fuqaro A.X.ga tegishli «Lasetti» rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati, Peshku tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi gaz ballonlarining texnik sozligini o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkazishlarini, ehtiyotkor bo‘lishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Buxoroda, portladi, (Foto), matiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя