Главная » 2020 » Август » 9 » Buxoroda Milliy gvardiya xodimi va uning otasi jinoyat ustida qo‘lga olindi
15:44

Buxoroda Milliy gvardiya xodimi va uning otasi jinoyat ustida qo‘lga olindi


Buxoroda sobiq IIB xodimi hamda Milliy gvardiya vakili Buxoro shahrida yashovchi fuqaroga tegishli tarixiy qiymatga ega ota-bobo merosni aldov va noqonuniy yo‘l bilan sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, Buxoro shahrida yashovchi 65 yoshli fuqaro M.A. da tarixiy qiymatga ega bo‘lgan, ishlov berilmagan olmos, Amir Muzaffarxon davriga oid muhr, kamarband va “Qur’oni Karim” kitobining teriga yozilgan nusxasi bo‘lgan. U nafaqadagi IIB xodimi 67 yoshli fuqaro N.S. hamda uning o‘g‘li — Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi safdori SH.S.ga ushbu ota-bobo meros boyliklarni sotishi kerakligini bildiradi. 

Ota va o‘g‘il fuqaro M.A.ning tarixiy qimmatga ega boyliklarni qanday sotish to‘g‘risida yetarli bilimga ega emasligidan foydalanib, o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda, merosni aldov va firibgarlik yo‘li bilan sotish rejasini tuzishadi. 

Oradan ko‘p o‘tmay, ota va o‘g‘il til biriktirib, fuqaro M.A. ga ushbu tarixiy qiymatga ega buyumlarning sotilishidan 10 % mikdorini ularning har biriga, ya’ni 50 ming dollaridan, jami 100 ming dollari berishiga ko‘ndirishgan. 

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro A.J.ga ushbu buyumlarni sotib olishini bildiradi. Biroq, u shuncha qimmat narxda sotib olishni ko‘zlayotgan tarixiy qiymatga ega boyliklarning biror bir muzeydan o‘g‘rilangani yoki ularning soxta bo‘lishi mumkinligiga shubha qilib, bu haqda huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi. 

Arizaga asosan, DXX Buxoro viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ota va o‘g‘il 72,1 gramm og‘irlikdagi olmos (brilliant) 500 ming dollar hisobidagi 4,5 milliard so‘m hamda 50 ming dollarga noqonuniy sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. 

Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 1 dona qora rangli qimmatbaho tosh, 1 dona Amir Muzaffarxon davriga oid muhr, 1 dona kamarband va 1 dona karmon (kashelyok) ashyoviy dalil tariqasida olingan. 

Holat bo‘yicha olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida M.A. bergan kursatmasiga kura, ushbu tarixiy boyliklar unga tegishli bo‘lib, ota-bobosidan meros bo‘lib qolganini bildirgan. 

Bundan tashqari, M.A.ning so‘zlariga ko‘ra, yashash manzilida saqlanayotgan 4 dona “rubin” toshli (2 donasi tarixiy qiymatga ega), 2 dona “Amitiz2 toshli, 1 dona “Zumrad2 toshli uzuklar, taxminan 150 dona “feruza”, “zumrad”, “gavhar”, “kvars”, “amitiz” va “granad” toshlari ixtiyoriy ravishda topshirilgan.

Hozirda Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tergov-oldi surishtiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, ashyoviy dalil tariqasida olingan buyumlarning tarixiy qiymatligini tekshirish uchun ekspertiza tayinlangan. 

Ekspertiza xulosasidan kelib chiqib, ota va o‘g‘ilga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 –moddasi, 4-bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xodimi, Milliy gvardiya, jinoyat ustida, uning otasi, Buxoroda, qo‘lga olindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя