Главная » 2020 » Май » 1 » Buxoroda navbatdagi 25 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
14:39

Buxoroda navbatdagi 25 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi


Buxoro viloyatida 25 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 1 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 25 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Shifo topganlarning 22 nafari Rossiyadan, 1 nafar esa Turkiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.

Sog‘ayganlarni hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 4 nafar, Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Xorazm, Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafar hamda Qirg‘iziston Respublikasining 2 nafar fuqarosi ham bor. Ularning 19 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yosh.
 

Ma’lumot uchun, Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 300 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 325 nafarga yetdi. Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1159 nafarga yetdi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2046 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusdan, Buxoroda, Bemor, sog‘aydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя