Главная » 2020 » Сентябрь » 28 » Buxorodagi ikkita maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi
21:54

Buxorodagi ikkita maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi


Qorako‘l tuman Xalqaro matematika maktabini 2019/2020-o‘quv yilida 48 nafar o‘quvchi bitirgan. Maktab bitiruvchilarining barchasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Davlatimiz rahbari tomonidan bizning maktabimizga xalqaro maqom berilishi bu avvalo juda katta yutuq bo‘lishi bilan bir qatorda, juda katta mas’uliyat ham edi. Biz bildirilgan ishonchni endi xalqaro maydonda oqlash mas’uliyatini olganmiz. Ushbu vazifaning endigina yarmini uddaladik”, – deydi maktab direktori Temir Ro‘ziyev.

Xuddi shunday holatni Buxoro shahridagi 38-umumta’lim maktabi bitiruvchilarining ham barchasi talabalar safidan joy olganini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, 2019/2020-o‘quv yilida maktabni 101 nafar o‘quvchi tugatgan. Bitiruvchilarning barchasi OTMlarga hujjat topshirib, o‘qishga kirgan.

“O‘quvchilarimiz muntazam ravishda “Bilimlar bellashuvi” va fan olimpiadalarining viloyat hamda respublika bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishadi. O‘tgan o‘quv yilida 8-sinf o‘quvchilari Mo‘tabar Xolova va Marjona Olimova ingliz tili fani yo‘nalishida o‘tkazilgan onlayn tarzdagi xalqaro olimpiadada ishtirok etib, yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritdi” – deydi maktab direktori Dilorom Jo‘rayeva.

Ta’kidlanishicha, bitiruvchilarning 3 nafari — Firdavs Fattoyev, Davlatbek Davlatov va Shahruz Rahimov muddatidan ilgari jahonning 20 dan ortiq oliygohiga talabalikka qabul qilingan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: talaba bo‘ldi, bitiruvchilarining, Maktab, ikkita, Buxorodagi, Barchasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя