Главная » 2020 » Ноябрь » 14 » Buxorodan Toshkentga kelayotgan poyezd manzilga yetmay to‘xtab qoldi
12:27

Buxorodan Toshkentga kelayotgan poyezd manzilga yetmay to‘xtab qoldi


Joriy yilning 14 noyabr kuni Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdi manzilga yetmasdan to‘xtadi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari” Matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 765-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi texnik nosozlik sabab, soat 08:11 da “Baxt” stansiyasida to‘xtagan. Poyezd 1 soatdan ortiq vaqt davomida stansiyada to‘xtab turgan.

Nosozlikni bartaraf qilish choralari ko‘rilgandan so‘ng, shu kuni soat 09:50 da “Afrosiyob” elektropoyezdi o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettirgan. 

“O‘zbekiston temir yo‘llar” AJ rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: poyezd, to‘xtab qoldi, manzilga yetmay, Toshkentga, Buxorodan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя