Главная » 2021 » Март » 25 » Buyuk Britaniya Nazarboyev nevarasi o‘limining haqiqiy sababini ma’lum qildi
21:22

Buyuk Britaniya Nazarboyev nevarasi o‘limining haqiqiy sababini ma’lum qildi


Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysulton Nazarboyev o‘tgan yozda Londonda giyohvandlikka qaramlik oqibatida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan. Ushbu xulosani chorshanba kuni G‘arbiy London koroneri Fiona Uilkoks e’lon qildi. Bu haqda Buyuk Britaniyadagi Nazarboyevlar oilasi vakili RIA Novostiga xabar bergan.

«Kecha sud majlisida koroner Oysulton o‘tgan yili tabiiy omillar va kokainga qaramlik oqibatida vafot etgan, degan xulosaga keldi», — deb aytgan agentlik suhbatdoshlari.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya, psixiatr va guvohlarning ko‘rsatmalariga asoslanib, bir necha yil davomida giyohvandlik bilan kurashib kelgan 29 yoshli Oysultonning o‘lim sabablari shubhali hisoblanmaydi va giyohvand moddalar bilan bog‘liq.

«Biz suyukli Oysultonimizdan judo bo‘lganimizdan qattiq qayg‘udamiz. Uning o‘limi biz uchun haqiqiy musibatga aylandi. So‘nggi olti oy mobaynida bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga va munosib tekshiruv o‘tkazgani uchun koronerga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz», — deyishdi Nazraboyevlar oilasi vakili.

2020-yil avgust oyi o‘rtalarida Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a o‘g‘li Oysulton vafot etganini tasdiqladi.

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lganligini taxmin qilishdi.

2020-yil fevral oyida Oysultan «Facebook»dagi akkauntida o‘zining xavfsizligidan xavotirlanib, Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘raganini ma’lum qildi.

U mamlakat rahbariyatini korrupsiyada aybladi, shuningdek, oila a’zolari tomonidan bosim o‘tkazilayotganini aytib o‘tdi.

Qozog‘istonda Oysultonning bunday postlari bilan bog‘liq vaziyat sobiq davlat rahbarini obro‘sizlantirishga urinish ekanligi haqida xabar berilgandi. O‘sha paytda Axborot va ijtimoiy taraqqiyot vaziri bo‘lgan Dauren Abayev davlat telekanali efirida Oysultonning postlari Nazarboyevning nevarasi giyohvandlikka qaramlikdan davolanayotganidan foydalangan ba’zi odamlar ta’sirida yozilganligini aytib o‘tgan.

2019-yil oktyabrda Londondagi Sautvork tuman qirollik sudi Oysultonni birovning yer-mulkiga noqonuniy kirgani va politsiya zobiti bilan janjallashgani uchun shartli ravishda bir yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Hukm 18 oylik sinov muddati va giyohvandlikdan davolanishni o‘z ichiga olgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Buyuk Britaniya, ma’lum qildi, Nazarboyev, nevarasi, o‘limining, sababini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя