Главная » 2020 » Октябрь » 4 » Buyuk Britaniyada koronavirusning xavfli mutatsiyasi aniqlandi
14:50

Buyuk Britaniyada koronavirusning xavfli mutatsiyasi aniqlandi


Yangi koronavirus infeksiyasi inson organizmiga kirishi oson bo‘lishi uchun 10 ta turli shaklda o‘zgarishi mumkin. Virusning bu xususiyatini Buyuk Britaniyaning Frensis Krik instituti olimlari aniqladi.

Institut xodimlari o‘tkazgan tadqiqot COVID-19 tikanlari o‘zgarishi va yanada ilishqoq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan. Shular hisobiga virus inson hujayralarining yuzasida bo‘ladigan ACE2 oqsili bilan yaxshiroq aloqaga kirishadi. Bundan tashqari, virus o‘zining tikanlari bilan organizmga kirib boradi.

“Bu virus retseptorlari va sog‘lom hujayra o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqning juda murakkab jarayoni Gripp va OIVning aktivlashish jarayoni nisbatan osonroq kechadi”, degan tadqiqot mualliflaridan biri Donald Benton.

Shu bilan birga, britaniyalik tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida COVID-19 o‘zining tiklanlarini bir daqiqada o‘zgartirib olishi mumkinligini aniqlagan. Ammo real hayotda jarayon nisbatan sekin kechadi.

Qayd etilishicha, koronavirus organizmdagi antitanacha o‘ziga ta’sir o‘tkazmasligi uchun mutatsiyaga uchraydi. Olimlar bu topilma COVID-19 nega bu qadar yuqumli ekaniga izoh bera olishiga ishonyapti.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Buyuk Britaniyada, mutatsiyasi, xavfli, aniqlandi, koronavirusning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя