Главная » 2020 » Сентябрь » 26 » Chang bosib yotgan eski choynak yarim million dollarga sotildi
23:00

Chang bosib yotgan eski choynak yarim million dollarga sotildi


Britaniya fuqarosi boloxonada Xitoyning Syanlun imperatori hukmronligi davriga oid choynakni topib oldi. U «Hansons Auctioneer» auksionida 495 ming dollarga sotildi, deb yozadi UPI portali.

Sobiq egasining so‘zlariga ko‘ra, idishni bobosi Ikkinchi jahon urushi davrida Osiyodan Buyuk Britaniyaga olib kelgan. U bobosidan qolgan yodgorlikni antiqa buyumlar do‘koniga sotmoqchi bo‘lgani, lekin ekspert bilan maslahatlashishga qaror qilganini tan oldi.

Idishning boshlang‘ich narxi 50 ming dollar bo‘lgan. Biroq sakkiz nafar xaridor o‘zaro talashaverib, narxni tinmay ko‘tarishi natijasida qariyb o‘n barobar qimmatga sotildi.

Uni nomi sir saqlanayotgan londonlik auksion ishtirokchisi xarid qilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Chang bosib yotgan, dollarga, sotildi, Million, choynak, Eski | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя