Главная » 2018 » Апрель » 8 » Chaqalog‘ini o‘ldirib, quduqqa tashlagan ayol hibsga olindi
21:47

Chaqalog‘ini o‘ldirib, quduqqa tashlagan ayol hibsga olindi


Qozog‘istonning Kostanay viloyatida o‘zining chaqalog‘ini o‘ldirib, quduqqa tashlab ketgan ayolni viloyat Ichki ishlar departamenti xodimlari hibsga oldi. Bu haqda “KazInform” xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 38 yoshli ayol farzandini dunyoga keltirib, keyin uni o‘ldirgan va o‘zi yashaydigan Kenaral qishlog‘idagi quduqqa tashlab yuborgan.

Voqeadan bir kun o‘tgach, Qozog‘iston chegara harbiylari quduqdan foydalanish chog‘ida bolaning jasadini topib olgan. Shundan so‘ng ular bu haqda departamentga xabar qilgan.

Hozirda ayolga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘ldirib, quduqqa tashlagan, Chaqaloq, Ayol, hibsga olindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя