Главная » 2021 » Апрель » 18 » Chechenlar va kurdlar Belgiyada otishma uyushtirdi
20:09

Chechenlar va kurdlar Belgiyada otishma uyushtirdi


Belgiyaning Lej shahrida bir guruh chechen va kurd qochqinlari qurolli otishma uyutirdi. Oqibatda chechenistonlikdan bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Araby mahalliy politsiyaga asoslanib, xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17 aprel kuni sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolarda kurd guruhi vakillarining beysbol tayoqchalari va qurol-yarog‘lari borligini ko‘rish mumkin. Ta’kidlanishicha, otishmadan oldin mahalliy xizmat ko‘rsatish stansiyasi yonida chechen va kurd erkaklar o‘rtasida mojaro yuz bergan.

Politsiya uch nafar kurd va 28 chechenni so‘roq qilish hamda shaxsini tekshirish uchun hibsga olgan. Gumonlanuvchilardan bitta Kalashnikov avtomati olingan. Mojaroning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun politsiya kurdlarni Lej sharqidagi Verviyer shahriga jo‘natgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: uyushtirdi, Chechenlar, otishma, kurdlar, Belgiyada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя