Главная » 2020 » Декабрь » 10 » Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi
09:31

Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi


Joriy yilning 8-9 dekabr kunlari Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi doirasidagi so‘nggi 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Parijda o‘tgan “PSJ” va “Istanbul Bashakshexer” jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda yirik hisob qayd etildi. Ushbu uchrashuvda Neymar 3 ta gol kiritgan bo‘lsa, Mbappe dublga erishdi. Parijliklar bu bahsda yirik – 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollandiyada o‘tgan “Ayaks” - “Atalanta” uchrashuvida mehmonlar kichik – 0:1 hisobida zafar quchishdi.

“Liverpul” Daniyada “Midtyulland” mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda durang qayd etdi – 1:1.

Angliyaning yana bir jamoasi “Manchester Siti” o‘z o‘yida Fransiyaning “Marsel” jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.

Navbatdagi uchrashuvda Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasi Portugaliyaning “Portu” klubi mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahsda mehmonlarning qo‘li ustun keldi. Ular 0:2 hisobida zafar quchishdi.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Real” – “Borussiya M” 2:0
“Inter” – “Shaxtyor” 0:0
“Bavariya” – “Lokomotiv” 2:0
“Red Bull Zalsburg – “Atletiko” 0:2.

Shunday qilib Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Keyingi bosqichga quyidagi jamoalari yo‘l oldi:

“Bavariya”
“Real Madrid”
“Manchester Siti”
“Liverpul”
“Chelsi”
“Borussiya Dortmund”
“Yuventus”
“PSJ”
“Atletiko Madrid”
“Borussiya M”
“Portu”
“Atalanta”
“Sevilya”
“Latsio”
“Barselona”
“Red Bull Zalsburg”


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: jamoalar, Chempionlar ligasi, 1/8 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя