Главная » 2021 » Июнь » 21 » Chili termasining 6 a’zosi mehmonxonaga ayollarni chaqirgani uchun javobgarlikka tortildi
18:12

Chili termasining 6 a’zosi mehmonxonaga ayollarni chaqirgani uchun javobgarlikka tortildi


Xabaringiz bor, ayni damda Braziliyada nufuzli “Copa America” musobaqasi davom etmoqda. Bugun, 21 iyun kuni turnirning 3-turiga start beriladi.

Ma’lum qilinishicha, 2-tur o‘yinlaridan so‘ng Chili terma jamoasi futbolchilari bilan bog‘liq noxush hodisa ro‘y bergan. Terma jamoaning 6 nafar futbolchisi — Arturo Vidal, Gari Medel, Pablo Galdames, Yan Meneses, Pablo Arangis hamda Eduardo Vargas 19 iyun kuni karantin qoidalariga rioya qilmagan holda mehmonxonaga begona ayollarni taklif qilib, tunni ular bilan birga o‘tkazishgan. Buni sezib qolgan mehmonxona xodimlari ertasi kuni ertalab bu haqida politsiya xodimlariga xabar qilishgan. Voqea yuzasidan futbolchilar ma’muriy javobgarlikka tortilishi hamda axloqiy me’yorlarni buzganligi uchun terma jamoa safida ham jazolanishi ma’lum qilingan.

Biroq hozircha jarima summasi qancha ekanligi aytilmagan. Ma’lumot uchun, Medel hamda Vidal turnir starti arafasida ruxsatsiz mehmonxonaga sartarosh chaqirib, sochlarini turmaklatgani uchun “Conmebol” tomonidan 30 ming yevroga jarimaga tortilgan edi. Oradan bir hafta o‘tib yana bir qoidabuzarlik qayd etishdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: chili, chaqirgani, termasining, javobgarlikka, ayollarni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя