Главная » 2020 » Июнь » 28 » Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i katta miqdorda pora olayotganda qo‘lga tushdi
20:50

Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i katta miqdorda pora olayotganda qo‘lga tushdi


Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i tadbirkorga yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish uchun 50 ming dollar pora olayotganida qo‘lga olindi.

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalarning Kun.uz’ga tasdiqlashicha, hokimlik vakili tadbirkorga 1 gektar yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish evaziga 1,4 millon AQSh dollari so‘ragan.

Ma'lum qilinishicha, davlat xizmatchisi 25 iyun kuni DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida ushlangan.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («Pora olish») bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: katta miqdorda, pora olayotganda, qo‘lga tushdi, bo‘lim boshlig‘i, Chilonzor tuman hokimligi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя