Главная » 2020 » Январь » 10 » Chilonzorda sodir bo‘lgan YTH sababi va qurbonlar shaxsi aniqlandi. Aybdor qochib ketdi
22:33

Chilonzorda sodir bo‘lgan YTH sababi va qurbonlar shaxsi aniqlandi. Aybdor qochib ketdi


9-yanvar kuni soat 23:30 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida joylashgan Xalqlar do‘stligi saroyi qarshisida ikkita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

“Lasetti” rusumli avtomobil (davlat raqami 01 V 889 WA) haydovchisi 44 yoshli D. M. Islom Karimov ko‘chasiga burilishdan oldin svetoforgacha bir necha metr masofa qolganida tor joyda to‘xtagan. Tezlikni oshirib harakatlanib kelayotgan “BMV” avtomobili (davlat raqami 01 T 777 EB, Shayxontohur tumanida yashovchi 63 yoshli K.M. nomiga rasmiylashtirilgan) “Lasetti”ga to‘qnashishi oqibatida avtomobillarda yong‘in kelib chiqqan.

Haydovchi va 6 yoshli bola qutqarib qolingan

“Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi va 6 yoshli yo‘lovchisi D.M. Toshkent shahar IIBB YPX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qutqarilgach, jarohat va kuyishlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Yana ikki nafar yo‘lovchi – 44 yoshli I.M. va 8 yoshli Ya.M. voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Aybdor haydovchi qochib ketdi

“BMV” avtomobili haydovchisi voqea joyidan yashiringan. YTH sodir bo‘lganida avtomobilni boshqargan haydovchining shaxsini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Sabab aniqlandi

YTHning taxminiy sababi: “BMV” avtomobili haydovchisi tezlikni keskin oshirgan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

YTH fakti bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) “a” bandi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя