Главная » 2020 » Январь » 10 » Chimyonda 17 yashar yigit qor-chang‘i transportida uch kishini bosib ketdi
21:16

Chimyonda 17 yashar yigit qor-chang‘i transportida uch kishini bosib ketdi


Tog‘da ehtiyotsizlik bilan qor chang‘i uchish fojia bilan yakunlandi. 17 yashar yigit qor-chang‘i transportida 3 kishini bosib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzaridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 5 yanvar kuni soat tamxminan 11:00 atrofida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani “Chimyon” tog‘-chang‘i dam olish oromgohida yuz bergan.

17 yashar B.E. YAMAHA VK540B rusumli qor-chang‘i transportini boshqarib ketayotganida, tepalikdagi qiyalikdan havo to‘ldirilgan matrasda tushib kelayotgan 22 yoshli M.M., 23 yoshli A.A. va 20 yoshli A.A.larni bosib ketgan. 

 

Oqibatda 3 nafar jabrlanganlar turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda. 

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя