Главная » 2022 » Август » 29 » Chimyonda qor yog‘di
16:21

Chimyonda qor yog‘di


28-avgust kuni Toshkent viloyati dengiz sathidan 3 km va undan yuqori balandliklarida qor yog‘gan.

“Uzb_Meteo” xabar qilishicha, 28-avgust kuni antisiklon chekinish fonida Toshkent viloyatining ayrim baland tog‘li hududlarida havo harorati qariyb +5 darajaga pasaygan.

Bunday paytda tog‘ning yuqori atmosferasida harorat yerdagidan-da pasayib, nol darajaga yaqinlashadi. Tabiiyki, bunday holatda havodagi suv bug‘lari kristalizatsiyalashib, qor uchqunlariga aylanadi.

Dengiz sathidan 3 km dan yuqoriroq balandlikka ko‘tarilgan turistlar Chimyon tog‘liklarida kecha ayni shu manzara guvohi bo‘lishgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qor, Chimyonda, yog‘di | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя