Главная » 2021 » Октябрь » 1 » Chirchiqda Prezident nomidan soxta akkaunt ochib, fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qamaldi
11:14

Chirchiqda Prezident nomidan soxta akkaunt ochib, fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qamaldi


Facebook’da O‘zbekiston Prezidenti nomidan soxta akkaunt ochib fuqarolarni firibgarlik yo‘li bilan pulini olgan shaxs qamaldi, shuningdek, unga Internet tarmog‘idan foydalanish taqiqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida yashovchi shaxs Prezident nomidan ochilgan soxta akkaunt orqali fuqarolar bilan muloqotga kirishgan. Muloqot chog‘ida u o‘zini Prezident Administratsiyasi rahbari deya, tanishtirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgar tarmoq foydalanuvchilarga turli masalalarda kredit ajratish bo‘yicha amaliy yordam berishini aytib, ulardan 50 ming so‘mdan 1 million 500 ming so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni bank plastik kartaga tushirgan holda o‘zlashtirgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, firibgar asli surxondaryolik bo‘lib, u vaqtincha Chirchiq shahrida yashib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan firibgarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va 3 yilga Internet tarmog‘idan foydalanishni cheklash jazosi qo‘llanilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: prezident, nomidan, chuv tushirgan, Akkaunt, soxta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя