Главная » 2017 » Сентябрь » 5 » Chiroyli avtoraqamlarni sotish bo‘yicha onlayn-auksion ishga tushdi
22:19

Chiroyli avtoraqamlarni sotish bo‘yicha onlayn-auksion ishga tushdi


O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalarida sotish bo‘yicha yangi savdo platformasini ishga tushirdi.
 

Avtoraqamlarni sotish bo‘yicha elektron auksion savdolar ayni paytda Internet global tarmog‘ida test rejimida ishga tushirilgan birjaning avtoraqam.uzex.uz yangi vebsaytida amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Elektron savdolarni yangi mexanizmi, birjaning boshqa savdo platformalari kabi ochiq-oydinlik, oshkoralik, raqobat va barcha savdo ishtirokchilari uchun teng sharoit yaratish tamoyillariga asoslangan.

Avtoraqamlarni savdolarga qo‘yilishi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB bo‘linmalarining ma’sul xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Ularni birjaning axborot tizimida ishlash bo‘yicha malakali o‘qitish maqsadida O‘zRTXB xodimlari tomonidan Toshkent shahri va respublikamizning hududlariga qisqa muddatli sayyor o‘quv kurslari tashkillashtirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Ichki ishlari Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi bilan birgalikda mazkur masala yuzasidan matbuot anjumanini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Birjaning onlayn-auksionlarida ishtirok etish masalasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun “O‘zRTXB” AJning Call-markaziga 207-00-33 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bo‘yicha, avtoraqamlarni, Chiroyli, onlayn-auksion ishga tushdi, sotish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя