Главная » 2017 » Сентябрь » 7 » “Chiroyli raqamlar” hech kimga kerak emasmi?
19:51

“Chiroyli raqamlar” hech kimga kerak emasmi?


So‘nggi 5–6 kunda chiroyli raqamlar bilan bog‘liq yangiliklar kun mavzusiga aylandi. Uning sotilish tartibi, auksionning o‘tkazilishi, raqamlarga egalik masalasi barchani qiziqtirmoqda.

“Avtoraqam.uzex.uz” sayti ishga tushishi qanchalik shov-shuvga sabab bo‘lgan bo‘lsa, raqamlarning birin-ketin auksionga chiqarilishi yana bir ijtimoiy qiziq hodisaga aylandi.

Auksionga qo‘yilgan dastlabki raqam “01 Z 701 ZA” bo‘lsa uning orqasidan 109 ta raqam kimoshdiga qo‘yildi.

Hozirgacha qo‘yilgan raqamlar haqiqatdan chiroyli raqam ishqibozlari o‘rtasida muhokama qilinayotgan bo‘lsada, ularga odamlar tomonidan narx taklif etish holatlari juda kam uchramoqda. Buni savdoga qo‘yilgan 110 ta raqamga uch kishi tomonidan narx taklif qilinganida ko‘rish mumkin.

Savol tug‘iladi... Shuncha muhokama qilingan mavhum mavzu aniqlashtirilib, raqamlar savdoga qo‘yilganida xaridorlar, ishqibozlar qayoqqa ketdi? Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida odamlar galasini kuzatgan edik-ku?!

Buning sabablari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:

Birinchidan, raqamlar olib-sotarlar foydasiga o‘ynamasligi uchun, uni yaqin qarindoshgagina sotishga ruxsat berilgan.

Ikkinchidan, chiroyli raqam ishqibozlari 111, 222, 999 singari raqamlari kutayotgan bo‘lishlari ham mumkin.

Uchinchidan, onlayn savdolarda ishtirok etish tartibi ko‘pchilikka tushunarsizdek tuyulayotgandir.

Nima bo‘lganda ham chiroyli raqamlar o‘z egasini topishi aniq, biroq ular uchun o‘rnatilgan narx cho‘ntakbop bo‘lgani barcha uchun qulay.

Ma’lumot uchun, auksionda raqam belgilari I, II, III toifalarda hamda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun alohida ishlab chiqarilgan oshirilgan stavkalar bo‘yicha lotga qo‘yiladi.

I toifada 001-009, 100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900, 111, 222, 333, 444, 555, 666, 777, 888, 999...

Toshkent shahri uchun:
har xil harflar — EKIH 100 baravarida;
bir xil harflar — EKIH 130 baravarida.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun:
har xil harflar — EKIH 70 baravarida;
bir xil harflar — EKIH 100 baravarida.

II toifada 010, 020, 030, 040, 050, 060, 070, 080, 090, 077, 101, 202, 303, 404, 505, 606, 707, 808, 909...

Toshkent shahri uchun:
har xil harflar — EKIH 70 baravarida;
bir xil harflar — EKIH 100 baravarida.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun:
har xil harflar — EKIH 50 baravarida;
bir xil harflar — EKIH 80 baravarida.

III toifa 011, 022, 033, 044, 055, 066, 088, 099, 110, 220, 330, 440, 550, 660, 770, 701, 702, 880, 990...

Toshkent shahri uchun:
har xil harflar — EKIH 50 baravarida;
bir xil harflar — EKIH 80 baravarida.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun:
har xil harflar — EKIH 35 baravarida;
bir xil harflar — EKIH 65 baravarida.

Auksionda ishtirok etish niyatida bo‘lgan shaxs avtoraqam.uzex.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, oshirilgan stavkada bo‘yicha belgilangan narxning 10 foiz miqdorida kafolat pulini to‘laydi. Kimoshdi tugagach kafolat puli auksionda yutmaganlarga qaytiriladi.

Avvalroq, 7 sentabr kuni “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ tomonidan matbuot anjumani o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hech kimga, “Chiroyli, emasmi?, Kerak, raqamlar” | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя