Главная » 2018 » Май » 24 » Choliqushi (Yangicha talqinda) 2018 Turk serial tez kunda! Bosh ro'lda Burak O‘zchivit
18:07

Choliqushi (Yangicha talqinda) 2018 Turk serial tez kunda! Bosh ro'lda Burak O‘zchivit


O‘zbekistonda yana turk seriallari ommalashib boryapti. “Ichkarida”, “Istanbullik kelin”, “Ko‘sem”... Ta’bir joiz bo‘lsa, telekanallar turk serallarini tarjima qilib efirga uzatishda musobaqa o‘ynayapti. Bu borada hozircha ikki serial – “Ichkarida” va “Istanbullik kelin” bilan “Sevimli” telekanali peshqadamlik qilmoqda.

Aslida ma’lum taqiqlardan so‘ng, O‘zbekistonda turk seriallarini namoyish etishni “Zo‘r TV” telekanali “Sevgi iztirobi” seriali bilan boshlab bergan edi. Biroq, serial namoyishi uzoqqa bormadi. Undagi buzuq g‘oyalar sabab efirdan olib tashlandi.

Serial bosh qahramoni Burak O‘zchivit esa Turkiyadagi singari O‘zbekistonda ham misli ko‘rinmagan mashhurlikka erishdi. Burak yana o‘zbek teleekranlariga qaytmoqda, faqat “Choliqushi” bilan.

Rashod Nuri Gyuntekin asari asosida rejissyor Osman Seden tomonidan 1986 yilda yaratilgan “Choliqushi” serialini xalqimiz o‘zining milliy filmlaridek yaxshi ko‘radi. O‘sha davrlar bolalari uchun “Choliqushi” juda qadrdon xotira.

Ushbu serial 2013 yilda qaytadan suratga olindi. Unda Kamron rolini Burak O‘zchivit va Feride rolini Faxriya Evjan ijro etgan.

Mazkur serial tez orada “Milliy” telekanali orqali namoyish etilishi kutilmoqda.

SERIALNI KO'RISH VA KO'CHIRISH


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Burak O‘zchivit, Bosh ro'lda, Choliqushi, Tez kunda, yangicha talqinda, Turk serial, 2018 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя