Главная » 2021 » Сентябрь » 18 » Chustda 19 yoshli yigit 30 yoshli o‘gay dadasini pichoqlab qo‘ydi
22:00

Chustda 19 yoshli yigit 30 yoshli o‘gay dadasini pichoqlab qo‘ydi


Joriy yilning 15 sentyabr kuni Namangan viloyati Chust tumanida 19 yoshli fuqaro 1991 yilda tug‘ilgan o‘gay dadasini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, soat 00:30da Chust tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro shar’iy nikohida bo‘lgan 1976 yilda tug‘ilgan ayol bilan uning yashash uyida o‘zaro janjallashib qolgan. Bu vaqtda ayol bilan birga yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan o‘g‘lining jahli chiqib, oshxona pichog‘ini olib chiqib, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroning qorin qismi o‘ng tomoniga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 15 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Qashqadaryoda bobo o‘z nabirasini pichoqlagan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dadasini, pichoqlab, o‘gay, Chustda, Yigit | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя