Главная » 2020 » Февраль » 20 » Copy (Ctrl+c) va Paste (Ctrl+v) buyruqlarini ishlab chiqqan Larri Tesler vafot etdi
21:48

Copy (Ctrl+c) va Paste (Ctrl+v) buyruqlarini ishlab chiqqan Larri Tesler vafot etdi


Nafaqat mutaxassislar, balki, barcha odamlar kompyuterdan erkin foydalana olishi uchun muhim ishlarni amalga oshirgan, ilk dasturchilardan biri Larri Tesler 74 yoshida vafot etdi. 

Teslerning eng katta ishlaridan biri “Qirqib olish - Nusxa olish - Qo‘yish” (Strl+x/Strl+c/Strl+v) buyruqlarini ishlab chiqqani bo‘ldi. U bundan boshqa dasturlarni ham ixtiro qilgan bo‘lib, natijada shaxsiy kompyuter haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish va undan foydalanish yengillashdi. 

1945 yilda Nyu-Yorkning Bronks tumanida tug‘ilgan Larri Tesler Kaliforniyadagi Stenford universitetini bitirdi. Universitetdan keyin u “foydalanuvchi interfeysi” ustida ishladi: shaxsiy elektron hisoblash mashinasini ma’lum buyruqlar, grafika va boshqa dasturlar vositasida oddiy foydalanuvchi uchun tushunarliroq qilishga erishdi. 

U Kremniy vodiysida ishlashni boshlagan 1960 yillar avvalida hali kompyuterlarni tushunish qiyin, mutaxassislargina buning uddasidan chiqa olardi. 

O‘zining uzoq yillik mehnati davomida Tesler Xerox Palo Alto Research Center (Parc)dan tortib Apple’gacha bo‘lgan turli yirik texnologik kompaniyalarda ishlab ko‘rdi.

Uning eng katta kashfiyoti, shubhasiz, Strl+c/Strl+v (Nusxa olish/Qo‘yish) buyruqlarini ishlab chiqqani edi. Bu buyruqlar 1983 yili Apple firmasining dasturiy ta’minotida, Lisa kompyuterining ilk ko‘rinishlaridan birida tayyorlangan. Keyingi yili esa yangi chiqqan birinchi Macintosh kompyuteriga o‘rnatilgan.  


Manba: "sof.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя