Главная » 2020 » Октябрь » 4 » COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli narsa” aytildi
22:30

COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli narsa” aytildi


Koronavirus pandemiyasi vaqtida eng xavfli narsa oddiy maska bo‘lib, ko‘plab odamlar undan noto‘g‘ri foydalanadi. Bu haqda rossiyalik terapevt Larisa Alekseyeva ma’lum qildi.

“Bizda men ularni niqobni samarasiz taquvchilar deb ataydigan kishilar juda ko‘p. Ular bitta niqobdan 10-15 kunlab, ba’zan undan ham ko‘proq foydalanadi. Bunday kishilarga noqulay bo‘lganda ular shunchaki kaftlari bilan ushlab, yig‘ishtirib cho‘ntaklariga solib qo‘yishadi”, degan Larisa Alekseyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, keyin shu odamlar o‘sha qo‘li bilan yuzlariga tegishadi va yana o‘sha niqobni taqishadi. So‘ng virus yanada faollashadigan issiq va nam bo‘lgan uylariga kelishadi. Mutaxassis bu o‘ta xavfli ekanini aytdi.

Shifokor niqobdan foydalanish qoidalarini eslatib o‘tdi: bitta niqobni ikki soatdan ortiq taqmaslik kerak, yuzga teginmagan holda yechib olish va zich yopilgan paketda tashlab yuborish kerak.

Shifokorning fikricha, boshqa ehtiyotkorlik choralari haqida ham unutmaslik lozim: o‘ramdagi mahsulotlarni yuvish, kurer keltirgan paketlarga antiseptik bilan ishlov berish hamda kiyim-kechak va poyabzal haqida ham unutmaslik lozim – ularda ham uyga virus “olib kelish” mumkin.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: himoyalanishdagi, aytildi, eng xavfli, narsa, covid-19 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя