Главная » 2021 » Январь » 12 » COVID-19 Xitoydan ancha oldin boshqa davlatda paydo bo‘lganligini tasdiqlovchi dalil topildi
22:50

COVID-19 Xitoydan ancha oldin boshqa davlatda paydo bo‘lganligini tasdiqlovchi dalil topildi


Milan universiteti tadqiqotchilari 2019-yil noyabrdayoq koronavirusni yuqtirib olgan mamlakat shimolida yashovchi ayolni topishdi, deb xabar bermoqda «Ansa» agentligi.

Biopsiya olinganda tadqiqotchilar 25 yoshli ayolda SARS-CoV-2 virusining ribonuklein kislotasi (RNK) genlari ketma-ketligi 2019-yil noyabrda boshlanganligini aniqladilar.

«Shunday holatlar ham bo‘ladiki, COVID-19 infeksiyasining yagona alomati teri patologiyasi bo‘lishi mumkin», — dedi tadqiqot rahbari Raffael Janotti.

«Epidemiyaning rasman tan olingan bosqichidan oldin teri kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda SARS-CoV-2 borligini tasdiqlovchi dalillarni topa olishimiz meni juda qiziqtirardi. Biz terida COVID-19 izlarini topdik», — dedi R.Janotti.

Hisobotda aytilishicha, bu «odamlarda SARS-CoV-2 virusi mavjudligining eng birinchi dalilidir».


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: covid-19, Xitoydan, tasdiqlovchi, Dalil | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя