Главная » 2020 » Сентябрь » 22 » COVID-19ga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi
10:18

COVID-19ga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi


Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qarori bilan 2020-yilning 1-oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo'llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxati tasdiqlangan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, hukumatning tegishli qarori bilan bu ro‘yxatga Ekspress test SARS-CoV-2 Antibody Test (Express-test) tibbiyot buyumi hamda boshqa dori vositalari kiritilib, begilangan tartib 2021 yilning 1 martiga qadar uzaytirilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘zgartirish, COVID-19ga, kiritildi, ro‘yxatiga, qarshi, dori vositalari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя