Главная » 2020 » Январь » 7 » Dabdabali to‘y qarzini to‘lash uchun Rossiyaga borgan kelin-kuyov ajrashib qaytdi
22:00

Dabdabali to‘y qarzini to‘lash uchun Rossiyaga borgan kelin-kuyov ajrashib qaytdi


Samarqandda kelin-kuyov dabdabali to‘ydagi qarzlarni to‘lash uchun Rossiyaga ishga borib, o‘sha yerda ajrashib qaytib keldi. 

Bu haqda Samarqand viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibli, ortiqcha dabdabasiz o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytildi deb xabar bermoqda O‘zA.

2019-yilda Samarqandda 32 ming 224 ta nikoh qayd etilgan. Shu bilan birga viloyatda 841 oila qonuniy nikohdan o‘tmay, shar’iy nikoh bilan yashamoqda. Bunday oilalar birgina Samarqand shahrida 128 tani tashkil etadi.

O‘tgan yili viloyat bo‘yicha 3 ming 191 ta, jumladan, Samarqand shahrida 600 ta oilaviy ajrim yuzaga kelgan. Ushbu ajrimlarga to‘ylarni ortiqcha sarf-xarajat, dabdaba bilan o‘tkazilgani ham sabab bo‘lgan. 

Xususan, Tutzor mahallasida ikki yosh oila, birida kelinning “to‘yning xarajatlarini mening dadam ko‘tardi” degan iddaolari, ikkinchisida qaynonaning “bu kelin biz to‘yda qilgan katta xarajatlarga arzimaydi” degan vaji bilan parokanda bo‘lgan.

Navbog‘chiyon mahallasida esa yosh kelin-kuyov dabdabali to‘ydagi qarzlarni to‘lash uchun xorijga ishga ketib, o‘sha yerda yangi oila munosabatlariga darz ketgan.

Maqsud Shayxzoda mahallasidagi yangi oila ham to‘y tufayli olingan qarzlarni uzish maqsadida Rossiyaga ishga ketgan. Ammo u yerda kelin noqonuniy ishlarga aralashib qolib, ozodlikdan mahrum etilgan va bu oila ham ajralishgan.

“Afsuski, bunday misollar juda ko‘p va achinarlisi, bu boshqalarga saboq bo‘lmayapti”, deyiladi xabarda. 

Jumladan, Samarqand tumanining Xo‘ja Ahror Valiy va Shirinobod mahallalarida yashovchi fuqarolar tomonidan 4-5-yanvar kunlari belgilangan qoidalarga zid tarzda to‘ylar o‘tkazilgani, ayni paytda ularga nisbatan tegishli javobgarlik choralari ko‘rilayotgani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlari tomonidan 2019-yil 14-sentabrda “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilingan va bu qaror 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя