Главная » 2021 » Апрель » 12 » Dafn etilgan erkakni bir kundan keyin qarindoshlari tirik holda topishdi
22:05

Dafn etilgan erkakni bir kundan keyin qarindoshlari tirik holda topishdi


Turkiyaning Chanakkale viloyatida oila begona odamni vafot etgan qarindoshi bilan adashtirib, dafn etdi. Bu haqda «Daily Sabah» xabar bermoqda.

89 yoshli Rejep Chelik COVID-19 bilan kasallangan 69 yoshli Rejep Yilmaz yotgan shifoxonada saraton kasalligidan davolanayotgan edi. Boshqa shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida joy bo‘shaganda Yilmaz u yerga ko‘chirilgan va yanglishib Chelik nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. U o‘sha kuni vafot etgan.

Ismlar adashib ketgani bois Yilmazning o‘limi haqida Chelikning qarindoshlariga xabar berilgan. Ular uning o‘limiga COVID-19 sabab bo‘lganidan hayron qolishdi. Ammo jasadni olib ketishib, dafn etishdi. Yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bilan bog‘liq joriy etilgan cheklovlar marhumga yaqinlashishga imkon bermadi, shuning uchun xatoni sezmay qolishdi.

Ertasi kuni shifoxonada Chelik haliyam tirik ekanligini aniqlashib, chalkashlik haqida qarindoshlariga xabar berishdi. Bosh shifokor muolajada emas, faqat hujjatlarda xatoga yo‘l qo‘yilganini aytmoqda.

«Ustiga-ustak, ular bir-biriga juda o‘xshaydi. Ikkalasining ham boshida katta xoli va operatsiyadan qolgan chandig‘i bor», — deydi u.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: topishdi, qarindoshlari, etilgan, dafn, tirik holda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя