Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 18 » Dahshat! Samarqanddagi tug‘uruqxonada chaqaloqlar vahshiylarcha o‘ldirilgan
00:09
Dahshat! Samarqanddagi tug‘uruqxonada chaqaloqlar vahshiylarcha o‘ldirilgan

Samarqand shahridagi xususiy tug‘uruqxonalarning birida muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlar sotilganligi, sotishga to‘g‘ri kelmaganlari esa vahshiylarcha o‘ldirilganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” “Huquq” gazetasining 14 iyundagi soniga tayanib xabar bergan.

Zotan, Samarqandda sun’iy abort yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan Nigora Solixonova boshqaruvidagi xususiy tug‘uruqxona aniqlangan.

Shifoxona boshqaruv xodimlari tirik tug‘ilgan chaqaloqlarni soxta hujjat bilan 500 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda farzandsiz oilalarga pullagan.

Sotilmay qolgan go‘daklar qarovsiz qoldirilib, nobud qilingan. Kichkintoylarning jonsiz tanalari esa tibbiy chiqindilarni yoqishga mo‘ljallangan mufel pechida yoqib yuborilgan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning fevral oyi oxirida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining binosida shifoxona ma’muriyati hamda xodimlariga hukm o‘qilib, shifoxonaning bosh shifokori Nigora Solixonova 13 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum etilish ko‘rinishidagi jazo tug‘uruqxonaning boshqa xodimlariga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 515 | Добавил: ADMIN | Теги: o‘ldirilgan, Chaqaloqlar, tug‘uruqxona, Dahshat, Samarqand, vahshiylarcha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
14.07.2018 Спам
Omadsizman deb o'ylama dunyoga kelganingni o'zi Omad.


Ответ:

avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |