Главная » 2020 » Апрель » 1 » Dahshat! Shifokorlarning aybi bilan koronavirusga chalingan qiz qiynoqlarda vafot etdi
21:55

Dahshat! Shifokorlarning aybi bilan koronavirusga chalingan qiz qiynoqlarda vafot etdi


AQShda COVID-19ga chalingan talaba shifokorlar uni bir necha bor koronavirus uchun tekshirishdan bosh tortganlaridan so‘ng vafot etdi.

Bu haqda The Detroit News xabar berdi.

Voqea Michigan shtatining Detroyt shahrida yuz berdi. 25 yoshli Bessi Offiongning singlisining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, opasi bir muncha vaqt isitma, holsizlik va nafas qisilishidan azob chekkan, bir necha bor koronavirus testini o‘tkazish uchun shifokorlarga murojaat qilgan, ammo ular bundan bosh tortishgan va qizga bronxit tashxisini qo‘yishgan.

Ko‘p o‘tmay, talaba qizning ahvoli yomonlashgan va reanimasiyaga o‘tkazilgan. Bir hafta davomida sun’iy nafas oldirish qurilmasiga ulangan holda hayot uchun kurashgan qiz, afsuski, vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan so‘nggina Bessida koronavirus borligi aniqlangan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя