Главная » 2018 » Январь » 24 » Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayadi
22:40

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayadi


27-29 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Shimoliy Qozog‘iston orqali G‘arbiy Sibirda hosil bo‘lgan sovuq havo oqimi kirib keladi. Bu haqda "O‘zgidromet" markazi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab sovuq havo harorati me’yordan 7-12 darajagacha past bo‘lib, ob-havoning anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan bo‘ron ogohlantiruvi e’lon qilingan.

28-29 yanvar kunlari kechasi havo harorati 11-14, kunduzi 2-5 daraja sovuq, shimoliy hududlarda 17-20 darajagacha, kunduzi 7-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Kutilayotgan sovuqlar avtotransport, aloqa, energetika va kommunal xizmatlar ishini qiyinlashtirishi mumkin, deyiladi "O‘zgidromet" markazi taqdim etgan xabarda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя