Главная » 2020 » Март » 6 » Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?
20:26

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?


«O‘zgidromet» dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti haqida ma’lumot berdi.
Dam olish bayram kunlarida O‘zbekiston hududi markazi shimoliy Ural hududi ustida joylashgan sovuq antisiklon chegarasi ta’sirida bo‘ladi.
Respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 7 martga o‘tar kechasi mamlakatimizning markaziy, janubiy va sharqiy hududlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishida kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Tungi harorat 0 darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduzi havoning nisbatan sovuq bo‘lishi, salqin sharqiy shamol esishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik haroratdan sal pastdir.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dam olish kunlari, O‘zbekiston, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя