Главная » 2020 » Март » 27 » Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
18:17

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?


Kecha kechqurun respublika hududining janubi-g‘arbiy qismiga Tyrkmaniston hududidan bulutli nam massivlar kira boshladi. Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi va bugun ertalab ayrim joylarga yomg‘ir yog‘di. Boshqa joylarda yog‘ingarchilik kuzatilmadi.

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida avvalgidek quruq havo saqlanib turadi, faqat Samarqand va Jizzax viloyatlarida ayrim joylarga yana yomg‘ir yog‘adi.

Harorat 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu me’yoriy ko‘rsatkichlardan bir oz yuqoridir.

28-29 mart kunlari va kelayotgan hafta boshida mamlakatimizda ob-havoning quruq va asosan ochiq bolishi kutilmoqda. Havo harorati asta ko‘tarilib, dushanba kuniga 22-25 darajani, janubda 27 daraja issiqni tashkil qiladi, bunday harorat yilning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlardan 6-9 darajaga yuqoridir.

Shuningdek, 27-31 martda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘ hududlarida (1500 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor.

27 mart soat 20 dan – 28 mart soat 21 gacha

TOShKENT ShAHRI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 18-20° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя