Главная » 2021 » Июнь » 25 » Dam olish kunlari ob-havo yana isib ketishi kutilmoqda
14:50

Dam olish kunlari ob-havo yana isib ketishi kutilmoqda


O‘zgidromet dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti xususida xabar berdi. 

Bugun qo‘shni Qozog‘istondan sovuq atmosfera fronti o‘tishi hisobiga O‘zbekistonda hududida harorat biroz pasaydi. Kunning o‘rtasiga kelib havo +32...+35 darajagacha isidi. 

Dam olish kunlari respublika hududiga Erondan yana issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari +16...+21 darajani, kunduz kunlari +35...+38 darajani, shimol va janubda ba’zi joylarda +40 darajagacha issiqni tashkil etadi. Bunday qiymatlar o‘rtacha-iqlimiy me’yordan 2-4 darajaga ko‘p bo‘ladi. Respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat shanba kuni kechga tomon Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bugun va ertaga respublikaning ayrim tumanlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: isib, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя