Главная » 2020 » Сентябрь » 12 » Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
10:47

Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi


Respublika Gidrometeorologiya xizmati yurtimizda dam olish kunlarida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Kecha va bugun O‘zbekiston hududi g‘arbiy havo oqimlari ta’sirida bo‘lmoqda. Janubiy Qozog‘iston hududi ustida joylashgan balandlikdagi siklon respublikamizning sharqiy tumanlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Bugun yomg‘irli va momaqaldiroqli ob-havo faqat tog‘oldi va tog‘li tumanlarda saqlanib turadi. Respublikaning qolgan joylarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Yakshanba kuni mamlakatimiz hududi ustidagi janubi-g‘arbiy oqimlar ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishini belgilaydi.

Dam olish kunlarida harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat iqlimiy me’yordan ozgina – 1-2 darajaga pastdir.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo, dam olish kunlari, ma’lumoti, e’lon qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя