Главная » 2021 » Март » 26 » Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
16:55

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda


Bugun Kavkaz hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib keldi, O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi va shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

27 martda respublika hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
        
28 martda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 29 martda respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 28 martda yomg‘ir momaqaldiroq bilan kuzatiladi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

28-29 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 29 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 martda havo harorati 6-11 daraja iliqqacha pasayadi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yomg‘ir, yog‘ishi, dam olish kunlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя