Главная » 2021 » Июнь » 13 » Daniyalik futbolchi Kristian Eriksonning yuragi to‘xtab qolgani ma’lum bo‘ldi
23:22

Daniyalik futbolchi Kristian Eriksonning yuragi to‘xtab qolgani ma’lum bo‘ldi


Daniyalik yarimhimoyachi Kristian Eriksenning Yevro-2020da Finlyandiyaga qarshi o‘yin paytida yuragi to‘xtab qoldi. Bu haqda RIA Novosti futbol bo‘yicha Daniya terma jamoasi murabbiyi Kasper Yulmannga asoslanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu voqeadan keyin jamoa futbolchilari karaxt holatga tushib qolishgan. Murabbiylar shtabi Belgiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda futbolchilarni formaga keltirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda.

«Futbolchilar nima bo‘lganini bilishmasdi, ehtimol ular eng yaqin do‘stini yo‘qotib qo‘yishgandek edi. Nazarimda, biz o‘ynamasligimiz kerak edi, ammo qaror qabul qilish qiyin edi. Balki biz avtobusga chiqib stadionni tark etishimiz kerakmidi», - deb o‘ylaydi murabbiy.

Avvalroq Sankt-Peterburg kasalxonasiga yotqizilgan Eriksenning ahvoli barqarorligicha qolayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: to‘xtab, futbolchi, yuragi, Daniyalik, Kristian Eriksonning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя