Главная » 2020 » Январь » 9 » Dasturlashni o‘rganishga yordam beradigan saytlar
22:37

Dasturlashni o‘rganishga yordam beradigan saytlar


Agar dasturlashni rus tilida o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi saytlardan foydalanishingiz mumkin.

GeekBrains

GeekBrains

Bu portalda dasturlashni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun kerak bo‘ladigan deyarli hamma narsa bor: onlayn darslar, kurslar, vebinarlar, forum, o‘rganganlaringizni sinash uchun testlar. Shuningdek, bir qator bo‘sh ish o‘rinlari. Sayt veb ishlab chiqish, mobil ilovalar va o‘yinlar yaratish, Python, Java va boshqa dasturlash tillariga oid mavzularni qamrab oladi.

Hexlet

Hexlet

Dasturlashning turli tillarini o‘rgatadigan kurslarni taqdim etuvchi sayt. Siz u yerda 13 tagacha kursdan bepul foydalanishingiz, yana 50 ta kursdan pulli asosda dasturlashni o‘rganishingiz mumkin. Hexlet saytida Ruby, Python, PHP, JavaScript, Java, Shell (Utils), HTML & CSS va Racket tillarida dastur yaratishni o‘rganishingiz mumkin.

Яндекс.Практикум

Яндекс.Практикум

“Yandeks” tomonidan taqdim etilgan onlayn maktabda frontend va bekend ishlab chiqaruvchi kasbini o‘rganishingiz, Data Science bo‘yicha mutaxassis bo‘lishingiz, veb ishlab chiqaruvchi va ma’lumotlar tahlilchisiga aylanishingiz mumkin. O‘quvchilar murabbiydan amaliy ko‘nikmalarni o‘rganadi hamda dastur va sayt yaratishni amalda sinab ko‘radi. Dastlabki 20 soatdan bepul foydalanish mumkin. To‘liq kurs esa 60 soatdan iborat va u to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Agar dasturlashni ingliz tilida o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi saytlardan foydalanishingiz mumkin:

The Odin Project

The Odin Project

Veb dasturlashni o‘rgatuvchi sayt. Bu yerda siz boshnag‘ich darajadan tortib ilg‘or darajagacha bo‘lgan kurslarni topishingiz mumkin. Saytda Ruby on Rails, Node.js, HTML и CSS, Javascript, ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni o‘zlashtirishingiz va IT sohasida qanday qilib ish izlashni o‘rganishingiz mumkin. 

SoloLearn

SoloLearn

Bu portalda turli dasturlash tillarini o‘rgatadigan yuzlab kurslarni (Ruby, Python, C++, Java, Javascript, PHP, Swift va boshqalar) topishingiz mumkin, shuningdek, maxsus tashkil etilgan forumda amaliy ko‘nikmalarni oshirib borsangiz bo‘ladi.

Thinkful

Thinkful

Thinkful ma’lumotlar bazasi va dasturiy ta’minot muhandisligi bo‘yicha o‘qitishga ixtisoslashgan. Har bir foydalanuvchiga alohida o‘qituvchi beriladi. Ba’zi kurslarga esa ish topmaguningizcha pul to‘lamasangiz ham bo‘ladi.

Pluralsight

Pluralsight

Portal dastur yaratish, tizimli administratsiya, axborot xavfsizligi, dizayn, veb ishlab chiqarish, ma’lumotlar bazasi kabi mavzularni o‘z ichiga oladi. Pluralsight tomonida kuchsiz tomonlaringizni aniqlab, ularni kuchaytirishingiz mumkin. 

Udacity

Udacity

Udacity kasblar dunyosida yetakchilik qilayotgan dasturlarni o‘rganishni taklif qiladi. Undagi yo‘nalishlar bulutli texnologiya, mashina yordamida o‘qitish va ma’lumotlarni tahlil qilishdan iborat. Siz murabbiyingizdan individual dars olishingiz, kursning oxirigacha esa o‘zingizga ish topishingiz mumkin bo‘ladi. 

Codecademy

Codecademy

Bu servisda 10 xil mavzuda interaktiv kurslar jamlangan: veb dasturlash, neyrotarmoq, o‘yin ishlab chiqish, informatika va blokcheyn. 

FreeCodeCamp

FreeCodeCamp

Resurs CSS, HTML, Javascript tillarini va sayt yaratishda zarur bo‘ladigan dasturlarni o‘rgatishga mo‘ljallangan. Kursni tugatganingizdan keyin sizga sertifikat ham beriladi.

Treehouse

Treehouse

Treehouse o‘nlab yo‘nalishlar orasidan o‘zingiz xohlagan kursni tanlash imkoniyatini beradi: PHP, UX, Javascript, interfeys yaratish va boshqalar. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя