Главная » 2020 » Декабрь » 14 » Davlat rahbarlari orasida koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi
22:19

Davlat rahbarlari orasida koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi


Davlat rahbarlari orasida koronavirusdan vafot etgan birinchi holat qayd etdi. Dunyo yetakchilari orasida Janubiy Afrikada joylashgan Esvatini davlatining bosh vaziri Mandvulo Ambrose Dlamini COVID-19ning birinchi qurboni bo‘ldi, deb yozadi «Daily Mail».

Noyabr oyining o‘rtalarida 52 yoshli siyosatchida koronavirus aniqlandi. Lekin o‘shanda unda kasallikning hech qanday alomatlari kuzatilmayotgani va u o‘zini yaxshi his qilayotgani aytilgandi. Dekabr oyi boshida Dlaminining ahvoli birdan yomonlashib, uni qo‘shni JARdagi shifoxonaga yotqizishga to‘g‘ri keldi. Bosh vazir u yerda ikki haftacha davolangandan so‘ng vafot etdi.

Esvatini qiroli Msvati III siyosatchi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Dlamini 1968-yilda o‘sha paytlarda Svazilend deb nomlangan Esvatini markaziy qismidagi Mbekelveni qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uzoq vaqt davomida bank tizimida faoliyat yuritgan, 2018 yil oktyabrdan beri hukumatga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Avvalroq koronavirus AQSh prezidenti Donald Tramp, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruda aniqlangan edi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin COVID-19ni boshidan o‘tkazishgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusdan, Davlat rahbarlari, o‘lim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя