Главная » 2017 » Август » 23 » Davlat telekanallarida jonli efir to‘xtatiladimi?
11:19

Davlat telekanallarida jonli efir to‘xtatiladimi?


Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston” telekanalida “Munosabat” ko‘rsatuvining efirga chiqarilmayotgani hamda 23 avgust kuni soat 11:00da Press klubning Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sessiyasi jonli efirda uzatilmasligi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Bunga “Munosabat” ko‘rsatuvida deputatlarning hamda Xalqaro press klubda hokimlarning jonli efirda tanqid qilingani sabab bo‘lgani mumkinligi aytilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqmaslik haqida hozircha biror rasmiy xabar berilmagan.

Shuningdek, jurnalist Quddus A’zam boshlovchiligidagi “Munosabat” ko‘rsatuvi har haftada 4-5 marta jonli efirda uzatilib kelinayotgandi. Biroq hozirda bu ham to‘xtab qolgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, MTRK Media markazida 21 avgust kuni yig‘ilish o‘tkazilgan va ushbu majlisda jonli efirga chiqish masalasi muhokama qilingan.

Avvalroq, “O‘zbekiston” telekanaliga rahbar etib tayinlangan Xayrulla Nuriddinovning MTRK raisi birinchi o‘rinbosarligiga qaytgani hamda “O‘zbekiston 24” telekanali rahbari Ozod Hamidxo‘jaevning lavozimidan qilingani haqida xabar bergan edik.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Davlat telekanallarida jonli efir t | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя