Главная » 2020 » Ноябрь » 7 » “Davlat xizmatidaman...”. Qashqadaryoda DXA agentlari nima bilan band?
18:25

“Davlat xizmatidaman...”. Qashqadaryoda DXA agentlari nima bilan band?


Ijtimoiy tarmoqlarda "Davlat xizmatidaman..." nomli video tarqaldi. Unga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida vaqtincha ishlayotgan ishchilar ish vaqtida turli xil jangari o‘yinlar bilan band bo‘lgani tasvirlangan.

Davlat xizmatlari agentligi tizimida qabul qilingan mehnat intizomiga bo‘lgan yuqori talablardan kelib chiqqan holda, videoda tasvirlangan holatlar bo‘yicha aybdorlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Bu haqida  Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xabar bermoqda. 

Jumladan, ish faoliyatida nazoratni susaytirganligi uchun Qarshi shahar FHDYO bo‘limi arxivariusi Z.X, boshqarmaning Davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i A.E va  bosh mutaxassisi R.X.ga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 yanvarga qadar FHDYO arxivini raqamlashtirishni yakunlash maqsadida respublika bo‘ylab jami 2 456 nafar yoshlar vaqtincha ishga qabul qilingan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qashqadaryoda, xizmatidaman, davlat, DXA agentlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя