Главная » 2020 » Февраль » 23 » Davlatlarning internet tezligi bo‘yicha reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston oxirgi o‘rinlarda
23:05

Davlatlarning internet tezligi bo‘yicha reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston oxirgi o‘rinlarda


Davlatlarning internet tezligi bo‘yicha reytingi e'lon qilindi. WebsiteToolTester kompaniyasi tuzgan reytingga ko‘ra, eng tezkor internetga Tayvan, Singapur, Jyersi oroli (La-Mansh bo‘g‘ozidagi orol), Shvetsiya va Daniya ega.

Reyting yetakchisi Tayvanda internet tezligi 2017-2019 yillar ichida 147 foizga oshgan. Shuningdek, ushbu davlatda internet orqali 5 gigabaytlik kinoni 8 daqiqa 2 soniyada ko‘chirib olish mumkin, o‘rtacha internet tezligi 85 Mbit /soniyani tashkil qiladi. 

Shuningdek, yetakchi yigirmatalikka Yaponiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Shveytsariya, Norvegiya, Andorra, Ispaniya, Belgiya, AQSh, Latviya, Yangi Zelandiya, Estoniya, Honkong, Vengriya va Litva kirgan.

Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston 207 davlat ichida 181-o‘rinni egallagan. O‘zbekistonda internet tezligi bir yil ichida 33,8 foizga, 2 yil ichida 80 foizga oshgan. Davlatimizda internet orqali 5 Gblik kinoni o‘rtacha 8 soat 18 daqiqada ko‘chirib olish mumkin, o‘rtacha internet tezligi 1,37 Mbit/soniyani tashkil qiladi. 

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston 113-o‘rinni, Qirg‘iziston 155-o‘rinni, Tojikiston 192-o‘rinni, Turkmaniston 203-o‘rinni egallagan.

Internet tezligi eng past davlatlar qatoridan Ekvotarial Gvineya, Sharqiy Timor va Yaman joy olgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя