Главная » 2020 » Май » 20 » “Davr“ efiri nega to‘xtatilgani ma’lum qilindi
19:31

“Davr“ efiri nega to‘xtatilgani ma’lum qilindi


Avvalroq, O‘zbekiston OAVlari va ijtimoiy tarmoqlarda "Yoshlar" teleradiokanalida efirga uzatiladigan "Davr" informatsion dasturi yopilgani haqida xabar berilgan edi. Bugun, 20 may kuni teleradiokanal direktorining birinchi o‘rinbosari Husniddin Ergashev o‘zining Facebook’dagi sahifasida ushbu holat bo‘yicha bayonot berdi.

"Karantin munosabati bilan telekanallar faoliyatida cheklovlar  joriy etilganligi bois, xodimlar va texnika resurslaridan unumli foydalanish maqsadida, vaqtinchalik chora sifatida informatsion dasturlar markazlashgan holda tayyorlanib efirga uzatilmoqda", deydi Husniddin Ergashev.

Shuningdek, u informatsion dasturlar qachon o‘z teleradiokanalida efirga uzatilishi haqida ham aytib o‘tdi.

"Karantin cheklovlariga yengillik berilgach, har bir telekanal o‘z informatsion dasturini o‘zi tayyorlab efirga uzatish tizimiga qaytadi", deydi teleradiokanal direktorining birinchi o‘rinbosari.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ma’lum qilindi, efiri, to‘xtatilgani, Davr | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя